
Saloh koronavirusga chalindi!
"Liverpul" forvardi Muhammad Salohda koronavirus aniqlandi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Misr terma jamoasi safida bo‘lib turgan 29 yoshli futbolchining COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija bergan. Hozirda u karantinga yuborilgan va unda kasallik alomatlarsiz kechmoqda.
Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar