
Saloh ketsa, "Liverpul" uning o‘rniga afsonaviy hujumchini olib keladi
"Liverpul" rahbariyati "Atletiko"da to‘p surayotgan jamoaning sobiq hujumchisi Luis Suaresni ortga qaytarishga tayyor. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar Muhammad Saloh jamoani tark etsa, 33 yoshli urugvaylik futbolchi “Enfild”ga qaytishi mumkin. Misrlik futbolchiga esa "Real"dan takliflar bor.
Suares 2011-2014 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan va 110 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 69 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shundan so‘ng u “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan.
Suares joriy mavsum "Atletiko"da jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar