Saloh ketsa, “Liverpul” tamom bo‘ladi

  • 4 sentabr, 2023, 20:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports eksperti Pol Merson “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, Yurgen Klopp jamoasi qiynalib qolishini ta’kidlamoqda.

Tecno

“Al-Ittihod” misrlik to‘purarni so‘rab, liverpulliklarga bir necha marotaba taklif yubordi. Oxirgi summa 200 million funtgacha ko‘tarildi. Hali bu masala to‘liq echimini topgani yo‘q.

200 million funt – yuz o‘girish qiyin bo‘lgan summa. 31 yoshli futbolchi bo‘yicha bunaqa katta taklifni rad etishni tasavvur qila olmayman.

Agar Muhammad Saloh ketadigan bo‘lsa, “Liverpul”ning kuchli to‘rtlikka kirishiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Yurgen Klopp hammasini qaytadan qurishiga to‘g‘ri keladi. Unga achinaman, - dedi Pol Merson.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
05/09/2023 00:03
Салохни салох болишига Клопп сабабчи, Клопп керак болса бошка Салохвачалардан топади бу пулга