
Saloh ketsa, "Liverpul" 19 yoshli hujumchini olib keladi
"Komo" hujumchisi Assane Diao faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Caught Offside nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Jamoa Muhammad Salohning o‘rniga munosib o‘yinchi izlamoqda, chunki misrlik hujumchining klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shuningdek, Diaoga "Nyukasl" ham qiziqish bildirayotgani ma’lum.
Joriy mavsumda Diao "Komo" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining Italiya klubidagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha davom etadi, uning transfer qiymati 9 million evro etib baholanmoqda.
Fikrlar