Saloh, o‘rningga shu to‘purar keladi
Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” o‘tgan mavsum oxirida asosiy to‘purari Muhammad Saloh bilan amaldagi shartnomani ikki yilga uzaytirgan bo‘lsa-da, misrlik o‘yinchining klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Chunki Saudiya Arabistonining badavlat klublari anchadan beri Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatlarini davom ettirib kelmoqda.
O‘z navbatda, mersisaydliklar ham o‘z to‘purarlari o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidirmoqda.
Bir necha manbalarning yozishicha, liverpulliklarga “Bornmut”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Antuan Semeno ma’qul kelgan.
“Liverpul” 25 yoshli futbolchi transferini amalga oshirish uchun 86 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Klub sport direktori Richard Xyuz ganalik forvardning personal muxlisi hisoblanadi.
Semeno joriy mavsum Angliya Premer-ligasida ettita uchrashuvda ishtirok etib, o‘zi oltita to‘p kiritganidan tashqari jamoadoshlariga uchta golli pas ham uzatdi. Uning “Bornmut” bilan bitimi yana besh yil davom etishi belgilangan.



Fikrlar