Saliba: "Dyokeresh bizga gollar urib APLni yutishda yordam beradi"

  • 29 iyul, 15:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” klubi himoyachisi Vilyam Saliba  “Sporting” safidan jamoa kelib qo‘shilgan Viktor Dyokeresh haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz uning qanchalik kuchli futbolchi ekanligini bilamiz, unga qarshi o‘ynash juda mushkul. U jamoamizga qo‘shilganidan hursandman va ishonchim komilki, u bizga g‘alabalar qozonish va sovrinlar yutishda yordam beradi.

Viktor daxshatli rakib, chunki gol uruvchi hujumchiga qarshi o‘ynaganda nihoyatda sergak bo‘lish kerak. Dyokeresh endi jamoamizda va biz uchun gollar uradi. Har bir mavsum boshqasidan farq qiladi. Biz o‘tgan uch mavsumdan saboq chiqarshimiz lozim. Yana Premer-liga sovrini uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lganimiz katta omad.

Bizning maqsadimiz APLda chempion bo‘lish. Jamoamiz birinchi o‘yindanoq bor kuchini ko‘rsatadi. Jamoamizga ko‘plab yangi futbolchilar bor, umid qilamanki ular chempionatda g‘alaba qozonishimizga ko‘maklashishadi”,- dedi frantsiyalik himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, Arteta jamoasi Premer-liganing birinchi turida “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 17 avgust Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!