
Saidyoqub Qahramonov raqibni dog‘da qoldirdi!
AQShning Ayova-Siti shahrida "Xtreme Fighting Championships 52" turniri bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, unda taniqli MMA jangchimiz Saidyoqub Qahramonov (11-3) ham ishtirok etib, braziliyalik Bruno Santos(13-5)ga qarshi oktagonga ko‘tarildi. To‘liq davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, mazkur g‘alabadan so‘ng Saidyoqubning rekordi 12-3 ko‘rinishiga keldi.
Fikrlar