
Saidjamshid Jafarov ham muvaffaqiyatga erishdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov meksikalik Alonso Verde bilan ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 19:00da boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar 4:1 hisobida Saidjamshidning ustunligini qayd etishdi.
Ikkinchi raundda esa hakamlarning qarori o‘zgarmadi. Saidjamshid 4:1 hisobida bu raundni o‘z foydasiga hal etdi.
Uchinchi raundda hakamlar meksikalik Alonso Verdening ustunligini qayd etishdi - 3:2. Yakuniy hisob 4:1 Saidjamshidning g‘alabasi.
Fikrlar