Sadriddin Saymatov Turkiyada sovrindor bo‘ldi
Turkiyada “Istanbul Premier League” turnirida hal qiluvchi bahslar boshlandi. Ma’lumki, ushbu nufuzli musobaqada ikki nafar vakilimiz medallar uchun tatamiga chiqishi kerak edi.
Ulardan dastlabkisi o‘z jangini o‘tkazdi. Ya’ni, bronza medali uchun bahs yuritgan -60 kgdagi vakilimiz Sadriddin Saymatov rossiyalik Evgeniy Plaxutinni mag‘lub etib, sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
Ushbu ajoyib ishtirok uchun Saymatovni muborakbod etamiz!



Fikrlar