Sadio Mane EChLda hafta futbolchisi bo‘ldi

  • 16 fevral, 2018, 19:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane joriy hafta bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan muxlislarning 57% aynan Manega ovoz bergan. Aytish lozimki, 25 yoshli senegallik futbolchi “Portu”ga (5:0) qarshi bahsda xet-trik qayd etishga erishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nomga shuningdek Marselo («Real»), Kristian Eriksen («Tottenxem») hamda Ilkay Gyundogan («Manchester Siti») kabi futbolchilar ham da’vogarlik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!