
Sabina Sharipova bugun Tailandda o‘ynaydi
Tennis bo‘yicha mamlakatimizning ayollar o‘rtasidagi birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Tailandning Xua Xin shahrida o‘tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Sabina musobaqaning yakkalik bahslari ilk bosqichida Lixtenshteyn vakilasi Fon Dayxmann Katinkaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ular o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Fikrlar