Sabina Sharipova bugun final uchrashuvini o‘tkazadi

  • 13 fevral, 2021, 11:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Ayollar tennisida O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Sabina Sharipova Qozog‘istondagi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Juftlik bahslarida rossiyalik Ekaterina Kazionova bilan tandem hosil qilgan vakilamiz bugun hal qiluvchi bellashuvda Noel Saydenova hamda Darya Mishina juftligiga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 12:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Sharipova-Kazionova final ostonasida Go‘zal Aynitdinova va Jibek Kulambaeva tandemini 6:2, 7:6(8:6), 10:7 hisobida mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!