Sabina Sharipova - chempion!

  • 13 fevral, 2021, 14:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Sabina Sharipova "ITF Kazakhstan 02A" turnirida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik.

Juftlik bahslarida Ekaterina Kazionova bilan tandem hosil qilgan vakilamiz bugun Noel Saydenova hamda Darya Mishina juftligiga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz kechgan bellashuv Sharipova-Kazionova tomonining 7:5, 2:6, 10:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi g‘olib tomon 12500 evro miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida yarim finalgacha etib borgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!