Sabina Boboqulova ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilyapti.
-48 kg da hamyurtimiz Sabina Boboqulova hamda italiyalik Jovanna Marchese jangi yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda Boboqulova raqibasini bir bor nokdaun holatiga tushirdi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev va Soushi Makino (Yaponiya) to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar