Ryudiger: "Real Madrid"dan ketish niyatim yo‘q"

  • 22 mart, 14:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger Saudiya klublarining qiziqishiga qaramay, jamoani tark etish niyatida emasligini ta’kidladi. 
 
32 yoshli futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi va "An-Nasr" uni Emerik Lyaport o‘rniga olib kelmoqchi. Biroq, Antonio "Real"da baxtli ekanini ta’kidlab, jamoani tark etmoqchi emasligini bildirdi. 
 
Bundan tashqari, "qirollik klubi" yosh himoyachilarni kuzatib borayotgan bo‘lsa-da, Karlo Anchelotti Ryudigerning ishonchli o‘yinidan mamnun. 
 
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik fulbek joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 41 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!