Ryudiger ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qildi

  • 29 aprel, 18:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya kubok finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinda jarohat olganidan so‘ng tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi va xolati haqida shaxsan ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi finalda kuchli og‘riq sababli o‘yinni vaqtidan avval tark etgandi. Unga "tashqaridan menisk qisman yorilishi" tashxisi qo‘yildi va futbolchi 6-8 hafta maydondan chetda qoladi.

— Etti oydan ortiq vaqt mobaynida kuchli og‘riq bilan o‘ynaganman. Afsuski, nihoyasida meniskimga operatsiya qildirishimga to‘g‘ri keldi. Endilikda men nihoyat og‘riqlarsizman va operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shifokorlarga katta rahmat.

— Maqsadim — tezroq safga qaytish. Oldimizda Millatlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati turibdi. Hozir esa haftangidan haftaga holatimni baholab boraman. Bor kuchim bilan tiklanish ustida ishlaymanb, – deb yozdi Ryudiger ijtimoiy tarmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!