Ruy Patrisiu 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

  • 11 dekabr, 23:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Ruy Patrisiu 37 yoshida professional futbolchilik faoliyatini tugatdi. Bu haqda "A Bola" nashri Portugaliya futbol federatsiyasiga tayanib xabar berdi. Uning xayrlashuv marosimi 12 dekabrЬ kuni bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Patrisiu "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2006–2018 yillarda ushbu klubning asosiy jamoasi safida o‘ynagan. Shundan keyin u "Vulverxempton"ga yo‘l olgan. 2021–2024 yillar oralig‘ida darvozabon "Roma" jamoasini himoya qildi. Keyinchalik "Atalanta"ga qo‘shilgan, undan so‘ng esa BAAning "Al-Ayn" klubi uning oxirgi jamoasi bo‘ldi.

Portugaliya terma jamoasi safida Ruy Patrisiu 108 ta o‘yin o‘tkazgan. U 2016 yilgi Evropa chempionligi va 2019 yilgi Millatlar ligasi g‘olibligiga erishgan. "Roma" bilan esa 2021/2022 yilgi mavsumda Konferentsiyalar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!