
Ruud van Nistelroyni Ruben Amorim "yo‘qotgani" ma’lum bo‘ldi
“Manchester Yunayted” Erik ten Xag iste’foga chiqarilganidan keyin vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajargan Ruud van Nistelroy xizmatidan voz kechdi.
Klub niderlandiyalik mutaxassis bilan xayrlashganini rasman ma’lum qildi.
The Athletic nashrining yozishicha, klub afsonaslaridan biri hisoblangan Ruud van Nistelroyning ketishiga yangi bosh murabbiy Ruben Amorim sababchi bo‘lgan.
Portugaliyalik mutaxassis uning xizmatlariga va yordamiga ehtiyoj yo‘qligi haqida qaror qabul qilganidan keyin klub rahbariyati yaqindagiga Manchesterga olib kelingan Ruud van Nistelroyni yana kuzatib qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlash joizki, “Manchester Yunayted”ning aksariyat futbolchilari Ruud van Nistelroyning faoliyatidan mamnunligini bildirib, uning klubda qolishini kutgandi.
Fikrlar