Rustam Ashurmatov: "Stadionda "Navbahor" deb baqirgan muxlislarni to‘g‘ri tushunish kerak"

  • 27 mart, 2022, 12:20
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Namangan shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun SPORTS.uz sayti jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov bilan intervyu uyushtirdi.

Tecno

– Tanaffusdan so‘ng yana terma jamoaga qaytdingiz. Ayni damda muhit qanday?

– Yana termaga qaytganimdan xursandman. Muhit a’lo darajada. To‘g‘ri, Qirg‘iziston bilan o‘yinning dastlabki daqiqalarida ozgina qiyinchilik bo‘ldi. Keyin o‘yinni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik. Ayrim xatolarni inobatga olmasa, uchrashuv chiroyli o‘tdi. Muhimi kerakli g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Qirg‘iziston terma jamoasi ham ancha o‘sishga erishibdi. Hozirda nafaqat Qirg‘izistonda, balki butun dunyoda futbol jadallik bilan rivojlanyapti. Shuning hisobiga oson o‘yinning o‘zi yo‘q.

– Terma jamoada himoya chizig‘idagi raqobat ancha kuchaymoqda. Bu haqda nima deysiz?

– Termada raqobat har bir pozitsiyada bor. Bunga futbolchilarning hammasi ko‘nikib ketgan. Terma jamoami yoki klubmi, raqobat bo‘lgani yaxshi. 

– Finalda Uganda termasiga qarshi o‘ynaymiz. Tojikiston bilan bahsda ko‘rindiki, raqib safidagi futbolchilar jismonan ancha kuchli. Bu futbolchilarimizga noqulaylik tug‘dirmaydimi?

– Aytib o‘tganimdek, hamma jamoalar o‘sishga erishgan. Uganda ham shular safidan. Bu o‘yin ham oson kechmasligi aniq. Har qanday holatda biz o‘z ustunligimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Sababi, biz o‘z maydonimizda o‘ynayapmiz va tarkibda etarlicha tajribali futbolchilar bor. Ularning tezkorligi bizni qo‘rqita olmaydi.

– Umuman olganda, "Navruz Cup" turniri qanday o‘tmoqda? Tashkiliy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganmi?

– Musobaqa yaxshi kayfiyatda o‘tmoqda. Turnir Namanganda bo‘layotgani nafaqat futbolchilar uchun, balki muxlislar uchun ham ancha qiziq. Bilasiz, bu erda futbolni sevishadi. Umid qilaman, finalda muxlislar stadionni to‘ldirishadi.

– Qirg‘iziston bilan o‘yindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets muxlislarning stadionda "Navbahor" deb baqirishganiga e’tiroz bildirdi. "Lochinlar" futbolchisi sifatida bunga qanday qaraysiz?

– To‘g‘ri, orada muxlislar "Navbahor", deya baqirishdi. Menimcha, buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Buni shu jamoa futbolchisi bo‘lganligim uchun aytmayapman. O‘sha o‘yindagi 90 foiz muxlislar "Navbahor"ni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar. Ammo ich-ichlaridan baribir terma jamoamizni yaxshi ko‘rishadi. O‘yin paytida "Navbahor"ni ham eslab o‘tishdi, xolos. Muhimi, butun uchrashuv davomida bizni chiroyli tarzda olqishlab turishdi. Finalda ham muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

J.Q. suhbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azam Xadjaev
27/03/2022 23:32
Katanes uzi yaxwi murabiy emas buni o'rniga Ro'ziqul berdiyev yaxwi edi man Nasaf muxlisi emasman lekin Uzbekistonda eng yaxwi murabiy bu Nasaf mirabiyi
кино новинка
28/03/2022 12:29
Хаммаси Навбахор мухлиси бу́лса ним Пахтакор деб бакирсинми томларинг тешикми дейман чакка у́таябди
Aziz Yuldashev
27/03/2022 13:07
Ахмоқ экансан Рустам. Хурматингни йўқотма бунақа фикрлар билан
Davronbek Orufboyev
27/03/2022 13:40
Nima qildi axmoqlik qilib o'ylab gapiring