
Rustam Ashurmatov: Qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslikka urg‘u beryapmiz
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda maydonga tushmoqda. Saudiya Arabistonida markazlashgan tizimdagi mini-turnirda ishtirok etayotgan "oq bo‘rilar" 11 iyun kuni Yaman terma jamoasiga qarshi harakat qiladi.
Mazkur o‘yin oldidan Abramov shogirdlari navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. O‘FA matbuot xizmati Koreya chempionatida to‘p tepayotgan legionerimiz Rustam Ashurmatov bilan intervyu tashkil etdi:
Ko‘rib turganingizdek, yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Maydon va uning tashqarisida mas’uliyatni his qilgan holda, mashg‘ulot olib bormoqdamiz. Xudo xohlasa, natija yaxshi bo‘lishi kerak.
Jamoamizning o‘ziga yarasha o‘yin uslubi mavjud. Yamanga qarshi uchrashuvda shu uslubimizga amal qilib, raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqan holda, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rilyapti. Ikki qanot futbolchilari ancha tezkor va to‘p bilan yaxshi muomala qiladi. Shu jihatga e’tibor qaratyapmiz va to‘p bilan bo‘lgan vaqtimizda qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslikka urg‘u bermoqdamiz.
Fikrlar