Rustam Ashurmatov eng zo‘rlar qatorida!
Eron Pro-ligasi 9-turi yakunlandi.
9 turda 16 ochko jamg‘argan "Istiqlol" jamoasi turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. 15 ochkosi bor "Sepaxon" esa ikkinchi o‘rinni band etib turibdi, "Chadormalu" esa 14 ochko bilan kuchli uchlikda. "Persepolis" klubi 12 ochko bilan 9-o‘rinda, "Fulad" esa 8 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.
Eronning mashhur "Varzesh3" nashri 9-turning ramziy jamoasini tuzdi. Unga ko‘ra, "Istiqlol" himoyachisi Rustam Ashurmatov ushbu ro‘yxatga kiritildi.
Ashurmatov jarohatidan qaytgach, tehronliklarning mudofaa chizig‘idagi asosiy o‘yinchisiga aylandi.




Fikrlar