Ruslan Nuruddinov va Akbar Jo‘raevning vazni Parij Olimpiadasida bo‘lmaydi

CHERY AUTO

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ushbu sport vazn toifalari 4 taga qisqartirildi va 10 ta vazn toifasiga tushdi.

Tecno

Sportchilar joriy yil Tokio-2020 Olimpiadasida 14 vaznda (erkak va ayollarda 7 tadan toifa) bellashishgan bo‘lsa, Parij-2024 da bu toifalar qisqarmoqda. Yangi toifada erkaklar va ayollardagi eng og‘ir vaznlar o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, bo‘lajak Olimpiya o‘yinlaridagi vazn toifalari quyidagi ko‘rinishga kelmoqda:

Erkaklar: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg, +102 kg
Ayollar: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg, +81 kg

MOQ matbuot xizmati bu borada O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti, IWF Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Shahrullo Mahmudov bilan aloqaga chiqdi.

“To‘g‘ri, Olimpiya vazn toifalari o‘zgardi. Atletlar bir vaznga bog‘lanib qolmay, toifalarini o‘zgartirib turishadi. Bu biz uchun moslashib olishga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, ammo umumiy olib qaraganda fojia emas. Sportchilarimizning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ajratilgan barcha kvotalar bo‘yicha litsenziya olishimizga ishonaman. Shu bois, bor e’tiborimizni yangi Olimpiya vaznlarida medal qo‘lga kiritishga qaratamiz”, – dedi Sh.Mahmudov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turida Rio-2016 Olimpiadasida Ruslan Nuruddinov -105 kg, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida Akbar Jo‘raev -109 kg vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritishgan edi. Endi Parij-2024 da ushbu vazn toifalari bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muhammad Ali 07
22/12/2021 16:45
Bu yahshi yangilik bōlishi mumkin ikkalasiyam chiqish imkoniyati bor Juraev +102 ōzini kōrsatishi mumkin vesini kōtarib