Ruslan Jiyanovni "Nijniy Novgorod" klubiga o‘tishi aslida qanday yuz berdi? Agent Qahhor Mo‘minov bu masalani ochiqladi

  • 12 fevral, 2023, 03:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Olimpik” klubining iste’dodli futbolchisi Ruslan Jiyanov kutilganidek Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi. U “Nijniy Novgorod” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Bu ikki tomon uchun juda muhim edi. Bungacha Jiyanov Rossiyaga ham borib muzokaralarda qatnashib kelgandi. Endi hammasi rasman hal bo‘ldi.

Shundan keyin ushbu transferning qanday amalga oshgani yuzasidan futbolchining agenti Qahhor Mo‘minovning fikrlariga quloq soldik.

- Ruslan Jiyanovning nihoyat “Nijniy Novgorod”ga o‘tgani aniq bo‘ldimi?

- Ha, biz bu xabarni tasdiqlaymiz. Kuni kecha muzokaralar oxiriga etdi. Ruslan endi Rossiya premer-ligasi klubi - “Nijniy Novgorod”ning o‘yinchisi. Yana bir ma’lumot, ushbu futbolchi o‘zining faoliyatini hozircha “Olimpik” jamoasida 2023 yilning yozigacha ijarada davom ettirib turadi.

kaxxor1

- “Nijniy Novgorod” klubi Jiyanovga dastlab qachon e’tibor qaratgandi?

- O‘tgan yilning kuz faslida. O‘shanda Jiyanovga qiziqishimiz boshlandi. Uni milliy terma jamoaga jalb qilishdi va Rossiya termasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydonga tushganidan keyin futbolchiga nisbatan qiziqishimiz yanada ortdi. Ruslanning o‘sha o‘yinida uni ko‘rib, keyin “Nijniy Novgorod” klubiga taklif qilish rejasini kiritganmiz. Bilasizmi, “Olimpik” klubi O‘zbekiston sport Vazirligi va O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi homiyligida faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun biz “Olimpik” bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan kelishib oldik, ammo ko‘nishi oson bo‘lmadi. Jiyanov yozgacha ushbu klubda o‘ynab turadi. Chunki “Olimpik” O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, klub ushbu terma jamoaning bazasi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda “Nijniy Novgorod” klubi prezidenti Ravil Izmaylov hamda “Olimpik” prezidenti Saken Po‘latovga minnatdorchilik bildiramiz va albatta terma jamoa ustozi Kapadzega ham qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat. Chunki Ruslan Rossiyaga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha u bilan maslahatlashib, duo olganini bilaman. Bu muhim edi.

kaxxor

- Bu “Prosport”ning to‘rtinchi futbolchisi. Bungacha Shomurodov, Erkinov va Yo‘ldoshevni ham Rossiyaga klubiga olib o‘tgansizlar. Siz iqtidorli barcha futbolchilarni olib ketmoqchimisiz?

- Shu erda Odil Ahmedovni ham eslamaslikni iloji yo‘q. Rossiyaga ketishiga bizni kompaniyani roli katta bo‘lgan. Biz hech kimni olib ketmaymiz. Faqat o‘zbekistonlik iqtidorlarni yangi darajaga olib chiqishga harakat qilyapmiz. Ular bu tramplindan foydalanib, o‘zlarining keyingi faoliyatiga yo‘l ochadilar. Bu bizning arzimas yordamimiz. O‘zbekiston futboli rivojlanishiga va terma jamoa kuchayishiga biroz bo‘lsa ham hissamiz tegsa xursand bo‘lamiz. Buni Eldor Shomurodov misolida ko‘rishimiz mumkin, unda hammasi o‘xshadi va boshqalarni ham shu darajaga etib chiqishiga aminman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!