
Rus tennischisi Sabina Sharipovaning dodini berdi
Tailandning Xua Xin shahrida ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ilk davradan o‘ta olmadi.
Sabina yakkalik bahslarining birinchi bosqichida rossiyalik Valentina Ivaxnenkoga qarshi kortga chiqadi va 7:6, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, tennischimiz bor e’tiborini musobaqaning juftlik bahslariga qaratadigan bo‘ldi.
Fikrlar