Runi "Nyukasl"ni boshqarmoqchi

  • 20 oktabr, 2021, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Derbi Kaunti" klubi bosh murabbiyi Ueyn Runi "Nyukasl"ni boshqarish niyati borligini bildirdi. Bu haqda ChronicleLive xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar “qarg‘alar” rahbariyati yaqin orada bosh murabbiy Stiv Bryusni iste’foga chiqarsa, 35 yoshli angliyalik mutaxassis ushbu lavozimda qisqa muddat ishlashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Derbi Kaunti" ayni damda Chempionship musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onada bormoqda. Moliyaviy qoidabuzarliklar sabab jamoa hisobidan ma’lum miqdorda ochkolar olib qo‘yildi.

"Nyukasl" esa APL musobaqa jadvalida 8 turdan so‘ng 19-o‘rinni egallab turildi. Jamoa yaqinda saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!