Runi: "Agar Slot bo‘lganimda boshqacha qaror qabul qilardim"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Ueyn Runi Muhammad Saloh haqida gapirdi.
"To‘g‘ri Saloh himoyaga qaytib jamoaga yordam bermaydi. Buni hammamiz juda yaxshi bilamiz. Men uning klub afsonalaridan biriga aylanganini tushunaman. Biroq u asosiy tarkibda tushib, maydonda yugursayu lekin jamoaga yordami tegmasa bu fojia. Agar Arne Slotning o‘rnida bo‘lganimda, jamoaga ta’sir qiladigan muhim qaror qabul qilgan bo‘lardim", - dedi Runi.
Bir necha kun avval Slotga Salohni asosiy tarkibdan tushirish kerakligi haqida takliflar bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Misrlik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar