Rubin Xebay: "Bu xayrlashuv, lekin butunlayga degani emas"

  • 30 yanvar, 2024, 00:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilda Superligamizni “yondirgan” va uning yulduziga aylangan albaniyalik to‘purar Rubin Xebay rasman “Andijon” bilan xayrlashganini bilasiz.

Tecno

Darhaqiqat, bunday yuqori darajadagi hujumchini o‘z safida ko‘rishni xohlaydigan klublar talaygina edi. Ammo uning transfer narxini xorij jamoalari va ayniqsa, arablar ko‘tara olishi taxmin qilingandi. Chindan ham shunday bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni birinchi divizion vakili – Al Oruba” “Andijon”dan Rubinning transferini sotib oldi. Albaniyalik hujumchi endi bor e’tiborini yangi klubiga qaratadi. Hujumchi “Andijon”dan ketar chog‘ida o‘z fikrlarini bildirib ketdi:

xebay_2

“Yil juda ham yaxshi o‘tdi. Men bu erda o‘zimni nihoyatda ajoyib his qildim. Bunday atmosferani shunchaki tashlab ketish qiyin, oson bo‘lmaydi.

“Andijon” meni Albaniyadagi jamoamdan keyingi eng yaxshi ko‘rgan klubim bo‘lib qoladi.

Menda jamoa muxlislariga nisbatan juda katta hurmat bor. Meni qo‘llab-quvvatlagan va menga ishongan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman. Bu xayrlashuv, lekin butunlayga degani emas, deb o‘ylayman.

xebay2_3

Albatta, men barcha jamoadoshlarimga ortda qolgan yil uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Bu transfer uchun ularga rahmat aytaman. Umid qilamanki, “Andijon” yildan-yilga yanada yaxshi natijalar ko‘rsata oladi.

Bu mening kelajagim hamda faoliyatim uchun yaxshi imkoniyat va yaxshi tanlov. Yangi klubimga yordam berib, ularning kelgusi mavsumda Saudiya pro ligada ishtirok etishiga hissamni qo‘shmoqchiman. O‘zim ham ular bilan birgalikda futbol yulduzlariga qarshi o‘ynashni istagan bo‘lardim”, - dedi Xebay.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!