Ruben Amorim: U hech qaerga ketmaydi

  • 1 aprel, 12:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ruben Amorim Bruno Fernandeshning "Manchester Yunayted"da qolishini tasdiqladi. 

Avvalroq, 30 yoshli portugaliyalik yarim himoyachiga "Real" qiziqish bildirayotgani va ehtimoliy transfer summasi 90 million funt sterling bo‘lishi mumkinligi haqida aytilgandi. 

Fernandeshning ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan va uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin. 

"Yo‘q, u ketmaydi. Biz Premer-ligada g‘alaba qozonishni istaymiz, eng yaxshi futbolchilarimiz biz bilan birga bo‘lishi kerak. U bizga kerak. Shuning uchun, u hech qaerga ketmaydi. Bu erda Brunu haqiqatan ham baxtli ekanligini his qilaman. U biz nimaga erishmoqchi ekanligimizni tushunadi. Bundan tashqari, u "Yunayted" muxlisiga aylanib qoldi, deb o‘ylayman", - dedi mankunialiklar ustozi. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!