
Ruben Amorim: Biz o‘zimiz yaxshi o‘ynamayotgan paytimizda Sheshko maydonda edi
Ruben Amorim Benjamin Sheshkoning o‘yini haqida fikr bildirdi.
APLning 2-turida "Fulxem" va "Manchester Yunayted" o‘zaro durang o‘ynadi - 1-1. Mankunialiklar hujumchisi Benjamin Sheshko 53-daqiqada maydonga tushdi.
"Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib, o‘yinga qo‘shilish oson emas. Premer-liga juda tez.
U bu erdagi o‘yin Bundesliganikidan ham tezroq ekanini biladi. Sheshko harakat qilmoqda. U jamoadoshlari bilan yaxshi muloqot qiladi.
Biz o‘zimiz yaxshi o‘ynamayotgan bir paytda Sheshko maydonda edi", - dedi mankunialiklar bosh murabbiyi Ruben Amorim.
Fikrlar