RPL. "Ural" o‘z maydonida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Oston O‘runov esa...

  • 7 oktabr, 2022, 23:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ural” RPL 12-turi doirasidagi uchrashuvida “Ximki”ni ma0lub etdi. Ekaterinburgdagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.

Tecno

“Ural” safida gollarga Aleksey Kashtanov va Lazar Randjelovich mualliflik qildi. Moskva viloyati klubidagi yagona gol uchrashuvning 90+2-daqiqasida Ilya Kuxarchuk tomonidan kiritildi.

Rossiya chempionati turnir jadvalida “Ural” 10 ochko jamg‘arib, RPLda 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Ximki” esa 15-o‘ringa tushib ketdi (8 ochko).

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov esa zaxirada qoldirildi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!