
RPL. TsSKA "Ximki"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, Fayzullaev 80 daqiqa harakat qildi
"Ximki" va TsSKA jamoalari to‘qnash kelgan Rossiya Premer-ligasining 7-tur uchrashuvi yakuniga etdi. Bahs 2:0 hisobida "qizil-ko‘klar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
38-daqiqada mehmonlar hujumchisi Tamerlan Musaev hisobni ochdi. 62-daqiqada himoyachi Moises TsSKAning uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi.
Yaqinda "Ximki" safiga ko‘chib o‘tgan Alisher Odilov o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan bo‘lsa, TsSKA sharafini himoya qilayotgan Abbossbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 80 daqiqa harakat qildi.
TsSKA Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa etti uchrashuvda 13 ochko jamg‘argan. "Ximki" olti ochko jamg‘arib, 11-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar