RPL. Shomurodovning goli "Rostov"ga "Spartak" ustidan g‘alaba keltirdi
Hozirgina Rossiya premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Spartak” Moskva jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov garsi asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsada, 63-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va 80-daqiqada gol urib jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.



Fikrlar