
RPL. "Rubin" o‘z uyida "Baltika"ni mag‘lub etdi
Rossiya premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Baltika" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 88-daqiqada Valentin Vada tomonidan kiritildi.
Umarali Rahmonaliev zaxirada qoldirildi, Rustam Ashurmatov esa bahs so‘ngida, 90-daqiqada maydonga tushirildi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 16ta etkazgan qozonliklar turnir jadvali 10-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar