
RPL. "Nijniy Novgorod" kuchli uchlikda borayotgan TsSKAdan ustun keldi, Yo‘ldoshev to‘liq o‘ynadi
RPL 16-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Nijniy Novgorod" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Bellashuvdagi yagona gol Viktor Aleksandrov tomonidan kiritildi. Nijniy novgorodliklar safida to‘p tepayotgan legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘liq o‘yin o‘tkazdi, ammo o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.
Ayni vaqtda 29 ochkosi bor TsSKA Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 16 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan "Nijniy Novgorod" 12-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar