
RPL. Ikki kishi kam bo‘lib qolgan TsSKA kambekka uchradi
Rossiya Premer ligasining 24-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Axmat" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
62-daqiqada Chalov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 79-daqiqada Konate oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuv so‘ngida Berisha g‘alaba golini urib ketdi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Abbosbek Fayzullaev 7-daqiqada raqibning qarshi hujumini to‘xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi. Bu hamyurtimiz uchun chempionatdagi 4-ogohlantirish bo‘ldi va navbatdagi "Spartak"ka qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Hamyurtimiz 63-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, Fedotov shogirdlari mag‘lubiyatga uchradi.
- Russia - Premier Liga
- Joriy Mavsum

CSKA Moskva
- Fedor Chalov 62'
Tugadi
1
:
2
20.04.2024 21:30

Akhmat Grozny
- Mohamed Konaté 79'
- Bernard Berisha 87'
Fikrlar