
RPL. Hojimat Erkinov to‘p tepayotgan "Torpedo" "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi
RPL 13-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Lokomotiv" bellashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
O‘yindagi yagona gol 48-daqiqada Artyom Karpukas tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 12 taga etkazib olgan "Lokomotiv" turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 6 ochkosi bor "Torpedo" ayni vaqtda RPL turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Qayd etish lozim, hamyurtimiz Hojimat Erkinov ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 58-daqiqada zaxiraga olindi.
Fikrlar