RPL. Hojimat Erkinov 70 daqiqa o‘ynagan bahsda "Torpedo" yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

  • 28 avgust, 2022, 21:54
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer ligasi 7-turi doirasidagi "Torpedo" - "Krasnodar" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda mehmonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Legionerimiz Hojimat Erkinov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi taym o‘rtalarida, aniqrog‘i 70-daqiqada zaxiraga olindi. 

Mazkur g‘alabadan keyin "Krasnodar" hisobidagi ochkolar soni 14 taga etdi va turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi. "Torpedo" esa 1 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!