
RPL. Erkinov accist amalga oshirgan uchrashuvda "Torpedo" safarda durang o‘ynadi
RPL 11-turidan o‘rin olgan "Fakel" - "Torpedo" bahsi yakuniga etdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Hojimat Erkinov mazkur bellashuvda jamoasining ikkinchi goliga assist vazifasini bajardi. Shuningdek, legionerimiz sariq kartochka oldi va 85-daqiqada zaxiraga olindi.
Ayni vaqtda "Torpedo" 5 ochko bilan Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar