RPL. Bunaqasi Superligada ham bo‘lmaydi. "Torpedo" - "Rostov" bahsida antiqa voqealar

  • 6 sentabr, 2022, 00:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPL 8-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Rostov" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida "Rostov" futbolchisi Golenkov penaltidan gol ura olmadi. 2 daqiqa o‘tib Komlichenko 11 metrlik zarbani ko‘kka sovurdi. Nihoyat, 90+9-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Osipenko penaltini golga aylantirdi. 

Shuningdek, mazkur bahsda "Torpedo"ning jami 9 ta futbolchisi sariq kartochka ishlab oldi. 

Shu tariqa, Karpin shogirdlari Rossiya premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochkosi bor "Torpedo" 15-pog‘onadan joy olgan. 

Qayd etish lozim, ushbu bellashuvda hamyurtimiz Hojimat Erkinov to‘liq harakat qildi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!