Ro‘ziqul Berdiev: Yigitlarga OKMKning chempionlar ligasidagi oxirgi bahsni ko‘rsatmadik

  • 11 noyabr, 2023, 18:14
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev O‘zbekiston kubogi final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bu Qarshi shahri uchun tarixiy o‘yin. Birinchi bor final bizning uyimizda o‘tkazilmoqda. Yigitlar o‘yinga shay. Ertaga g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Biz allaqachon Superkubokni qo‘lga kiritib bo‘ldik. Ertangi bahsda ham, chempionat oxirigicha ham maqsadimiz barcha turnirlarda yaxshi qatnashish. Barchasi o‘z qo‘limizda.

Ertangi o‘yin og‘ir bo‘ladi. OKMK jamoasi tajribali va hujum chizig‘i eng kuchli klublardan biri bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, muxlislarimizni o‘z uyimizda xursand qilishga harakat qilamiz.

Penaltilar eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri. Shuning uchun buning ustida alohida tayyorgarlik ko‘rdik.

Final uyda o‘tayotgani jamoaga qo‘shimcha bosim ham yuklaydi. Buning javobgarlik hissi bor. Lekin Nasaf finallarda etarlicha tajriba to‘plagan. Menimcha, yigitlar ertaga ruhan tayyor bo‘lishadi.

Finalga tayyorlanish jarayonida OKMK jamoasining yil boshidan beri o‘tkazgan barcha o‘yinlarini tahlil qilib chiqdi. Faqatgina yigitlarga chempionlar ligasidagi oxirgi bahsni ko‘rsatmadik. Chunki bu biz bilgan OKMK jamoasi emas. Ular tajribali va kuchli jamoa sifatida shakllanishgan. Olmaliqliklar kubok finaligacha bekorga etib kelishmadi", - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, kubok finalida OKMK va "Nasaf" jamoalari to‘qnash keladi.

Manba: UzPFL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
11/11/2023 21:23
НАСАФ МУХЛИСЛАРИ ВА БУТУН УЗБЕКИСТОН ВИЛОЯТЛАРИ ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИ НАСАФГА ОМАД ТИЛАЙДИ ОЛГА НАСАФ ОМАД ЁР БУЛСИН .
&
Bolelshik
12/11/2023 00:59
Nasaf, O'zbekistonni kelasi yilgi sharmandalikdan qutqar, iltimos!