
Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf"ning yirik g‘alabasi va Oybek Bozorovning jarohati haqida gapirdi
Bugun Superliganing 4-turida “Nasaf” o‘z maydonida “Turon”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
-Avvalambor, mavsumdagi birinchi g‘alaba bilan muxlislarimizni tabriklaymiz. Biz har doim sifatli o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. O‘yindan oldin yigitlarga bugungi raqibmiz asosan himoyaviy o‘yin tashkil etishi va bu orqali bizni asabiylashtirishi mumkinligini aytgandik. Shu sababli, futbolchilarga asabiylashmasdan, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma bergandik. Buni yigitlarimiz amalda yaxshi bajarishdi. Asosiysi, o‘yinga bo‘lgan ruhiy tayyorgarlik yaxshi bo‘ldi.
Raqib dastlabki 20-25 daqiqa yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Ammo birinchi goldan so‘ng, ustunlik to‘liq biz tomonda bo‘ldi. Shundan so‘ng, yigitlarimiz yirik hisobdagi g‘alabani ta’minladi.
Oybek Bozorovning jarohati jiddiy emas. U keyingi o‘yinlarda bizga kerak. Hozir jarohat qay darajada jiddiy ekanini shifokorlar bilan gaplashamiz.
Fikrlar