
Ro‘ziqul Berdiev: Mavsum boshida natijalar har xil bo‘lishi mumkin
“Bugungi g‘alabaning sababchisi xotirjamlik deyishim mumkin. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ham xotirjamlikni saqlagan holda yigitlar g‘alabaga ishonch bilan harakat qilishdi va bu bugungi g‘alabaning asosi bo‘ldi.
Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko‘ra etakchi futbolchilardan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g‘alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo‘l bosib kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.
Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo‘lishi mumkin. To‘pni nazorat qilish, qarshi hujumlar ustida ish olib borishimiz kerak ekanligini ko‘rinib qoldi”, - dedi Berdiev.
Fikrlar