
Ro‘ziqul Berdiev: "Hujumdagi kamchiliklarimiz bizga pand berdi"
Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Al-Faysali" - "Nasaf" uchrashuvida vakillarimiz 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va jamoa sardori Umar Eshmurodov ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
Murabbiy: - Bugun g‘alaba uchun maydonga chiqdik, g‘alaba uchun kurashdik. O‘yinda ustunlikka erishdik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Biroq hujumdagi kamchiliklarimiz bizga pand berdi.
Futbolchi: - Albatta, biz g‘alaba qozonish uchun o‘ynadik. Lekin gol urish bobida omad kelmadi. Keyingi uchrashuvlarda yaxshi natija uchun kurashamiz.
Ikki o‘yindan beri jamoa gol urolmayapti. Bu turnirda sizga muammo tug‘dirmayaptimi?
- Bu faqat ushbu turnirdagi emas, bizning umumiy muammomiz. Norchaev o‘tgan yili ko‘plab gollar urgandi. Ammo bu mavsumda o‘yini chiqmayapti.
Fikrlar