Ro‘ziqul Berdiev: Ertangi o‘yinda favorit yo‘q

  • 23 avgust, 2023, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga "Paxtakor"ga qarshi bo‘ladigan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvidan oldin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Ertangi raqiblar bir-birlariga tanish jamoalar va bir-birlarini judayam yaxshi bilishadi. Shuning uchun bemalol ayta olamanki, ertangi o‘yinda favorit yo‘q. Ertaga ikkita kuchli jamoa maydonga chiqadi va ijobiy natija uchun bor kuch-mahoratlarini ishga solishadi. Ertangi Superkubok bizni ushbu yildagi maqsadlarimizdan biri. Shuning uchun ertaga bor kuchimizni ishga solamiz.

Iste’fo har bir murabbiyning taqdirida bor narsa. Ertami-kechmi bu sodir bo‘ladi. Lekin mening bugun bu haqda o‘ylashga haqqim yo‘q. Qachon ishdan ketishimdan qat’i nazar, mavsum oldidagi rejalarni bajarishga katta urg‘u beraman. Nima bo‘lgan taqdirda ham qilgan ishimdan faxrlanaman. Hammasini "Nasaf" va uning sodiq muxlislari uchun qilganman.

Natija, bu sovrin hozir hammaga muhim. Taktik yurishlar kuchli bo‘ladi deb o‘ylayapman. Kichik detallarga ham e’tibor berish talab etiladi. Zero, avvalgi bahslarda bo‘lgani kabi bu ham oyoqdan chalib qolmasligi zarur. Chunki har ikki jamoa bir-birini juda yaxshi biladi.

Hujumchi muammosi o‘tgan yil ham kuzatilardi. Biroq endi, Norchaev ketgach bu muammo yana ham keskinlashib ketdi. Yangi hujumchilar oldik. Muammoni echish maqsadida legionerlarga suyandik. Mashg‘ulotlarda ishlamoqdamiz. Shunga qaramay muammoning o‘zgarishi qiyin bo‘lyapti.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi soat 19:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alsher
24/08/2023 09:56
Nasaf jamoasi senga omad