Ro‘ziqul Berdiev: "Bugungi tarkibni futbolchilarning holatidan kelib chiqib tanlagandik"

  • 15 fevral, 2024, 02:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

OChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Ayn" uchrashuvi 0:0 hisobi bilan tugadi. O‘yindan so‘ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi. 

"O‘yin qiyin o‘tdi, chunki jiddiy raqibga qarshi maydonga tushdik. Jamoa hujumda qanday harakat qilganini ko‘rdingiz. Shu sababli ham asosan himoyaga e’tibor qaratib, o‘ynadik. Pressingda aktiv bo‘lganimizda, tez charchab qolishimiz mumkin edi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi. Bu mavsumdagi ilk bahs va mazkur uchrashuv orqali yigitlarni tayyorlagligini ko‘rib oldik. O‘yinga har xil holatda etib kelganimiz ham ta’sir qildi". 

Sharof Muhtdinovning zaxiraga olinishi majburiy tarzda amalga oshirildimi?

"Yo‘q. Hujumga tezkorlik qo‘shish uchun uni Nasrullaevga almashtirdik. Sherzod kam mashg‘ulotlar o‘tkazgan bo‘lsa ham, uni maydonga tushirdik. Ammo uning ko‘p o‘yinlar va mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani sezildi". 

photo_2024-02-14_22-16-57

Futbolchilarni nechanchi daqiqaga kelib charchaganini sezdingiz?

"O‘yinchilarni uchrashuvga qanchalik tayyorligini biz bilamiz. Bugungi tarkibni futbolchilarning jismoniy holati, raqibning hujumkor o‘yinidan kelib chiqib tanlagandik. Qaysidir ma’noda, yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Ammo hujumda ozgina palapartishliklar kuzatildi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerak, Bobir va Oybek bir hafta oldin tarkibga kelib qo‘shildi". 

Chogadzening zaxiraga olinishi haqida

"Uning imkoniyatlarni yaxshi bilamiz. Hujumlarni yakunlashda, so‘nggi pasni berishda va ayrim hollarda pozitsiyasini yo‘qotib qo‘yganligi sabab uni almashtirdik". 

photo_2024-02-15_02-10-46

Sizningcha, "Nasaf" mehmonda yaxshi o‘ynaydigan jamoami, yoki uyda?

"O‘tgan yildagi uchrashuvlar ko‘rsatdiki, mehmonda ham biz yaxshi o‘ynay olamiz. Agarda Nasrullaev bugungi bahsga 100 foiz tayor bo‘lganida o‘zimizning taktikada harakat qilgan bo‘lardik. Javob to‘qnashuvida mana shunday muammolar bo‘lmasa, maksimal o‘yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz". 

Mavsumdagi ilk o‘yin. Buni hisobga olgan holda, bugungi bahsdan qoniqish hosil qildingizmi?

"OChLda arzon jamoaning o‘zi yo‘q. Shuning uchun, har bir uchrashuvga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Bugungi raqiblar ham osonlikcha mag‘lub bo‘lmaydi. Klubning ko‘plab futbolchilari Osiyo kubogida harakat qildi. Menimcha, hozirgi natija yomon emas. E’tibor qiladigan bo‘lsangiz, terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarimiz ham ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Abdiholiqov deyarli ikki oydan beri maydonga tushgani yo‘q", - dedi Berdiev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!