
Ro‘ziqul Berdiev: Bugun 2 ochko yo‘qotdik
"Bugungi raqibimiz – juda tajribali o‘yinchilardan iborat jamoa edi. Ular bugun himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, qolaversa qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishdi.
Bugun g‘alabani ko‘zlab maydonga chiqqan edik. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi. Lekin raqibimiz ham yomon o‘ynamadi. Uyda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, shu sababdan bugun 2 ochko yo‘qotdik, deb o‘ylayman", - deb Berdievning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.
Fikrlar