Ro‘ziqul Berdiev: Agar AGMK finalda ham bugungidek o‘ynasa, ularga hech qanday imkoniyat yo‘q!

  • 16 dekabr, 2020, 21:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubi O‘zbekiston Kubogining yarim finalida Olmaliqda AGMKga qarshi bahsda yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi.

Tecno

Garchi qarshiliklar ko‘plab imkoniyatlar yaratganiga qaramay, gol urishni uddalay olmadilar. Uchrashuv nihoyasiga etgach, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O‘ylaymanki, mavsum biz uchun omadli keldi. Asosiy vazifamiz yuqori o‘rinlardan birini egallash edi, buni yigitlar uddaladi. Shuning uchun aytmoqchimanki, “Nasaf” jamoasining muxlislari faxrlansa bo‘ladi. Bugungi o‘yinni juda yomon boshladik. Dastlabki daqiqalarda AGMKda tashabbus bo‘lishini bilgandik. Shunga asosan yaxshi himoyalanishimiz va darvozamizdan gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Afsuski, bu istagimiz amalga oshmadi. Qolgan 60-70 daqiqa davomida o‘yin bizning ustunligimiz ostida o‘tdi. Lekin futbolda gol urish kerak. Gol urilmasa mag‘lubiyatga uchraysiz. Bugun o‘yinda ustunlik qilgan bo‘lsak-da, mag‘lubiyatga uchradik. AGMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi uchrashuvda omad tilayman.

Agar AGMK finalda ham bugungi darajasida o‘ynaydigan bo‘lsa, ularga hech qanaqa imkoniyat yo‘q. Bu mening shaxsiy fikrim.

Hali qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Ba’zi joylarda qarzdorliklardan to‘liq qutuldi, degan gap-so‘zlarni o‘qiyapman, hayronman, bunday ma’lumotni kim beryapti ekan. Ammo bunday emas. Ha, qisman berishdi, ammo hali qarzdorlik bor.

Mukofot haqida Namangandagi o‘yindan avval yozishdi. “Navbahor”ga qarshi uchrashuvdan oldin ham, keyin ham biz klub rahbarlari bilan uchrashganimiz yo‘q. Agar syurpriz qiladigan bo‘lishsa, bu gap futbolchilarga etib kelishi kerak edi, motivatsiya bo‘lish uchun. Biroq bu haqida bizga hech kim gapirmadi.

Jamoamizni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar haqida men ham eshityapman. Ha, shartnomasi tugayotgan futbolchilar bor. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Biz hali rahbariyat bilan o‘tirib keyingi reja haqida gaplashganimiz yo‘q, - dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
16/12/2020 22:29
Кашкадаре футболини ривожлантиришга хисса кушнан Н.Зайниев булса иккинчиси Р.Бердиев булади.
Akbarali Abdunazarov
16/12/2020 22:23
Насафни хали келажаги олдинда, Рузикул Ака ишларни даром эттиринг, хали Насафни келажаги олдинда!
&
Asilbek shukurovich
16/12/2020 21:56
Насаф республикани энг чаккон гап йук команда
&
Okasi
16/12/2020 22:34
Рўзиқул Бердиевга фақат, ТАСАННО, дейиш мумкин!!! Бошқа гап йўқ!
Akbarali Abdunazarov
16/12/2020 21:54
Биринчидан курьани ташкил этиш ишлари ута коникарсиз ташкил этилган Насаф 3 та учрашувни мехмонда утказди. Агарда ушбу уйин Каршида булганда камида 2 туп фарки билан насаф утган булар эди. Каторасига 3 йил 2 та бир хил команда финалда уйнаши хеч бир давлатда булмаса керак!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
16/12/2020 22:34
Gaplarizga ikki marta qushilaman. shunchaki bachalani izish buldi. Oddiy misol bitta sharikni sahal qirib quyiladi. va ichiga ozgena. ogir qilib quyiladi. qarapsizku. ogir sharni tortilmaaydi. va. Safar uyinni chiqdimi serazi Nasafni tortadi. buldi. hammasi uyishterilgan.
&
Sash
16/12/2020 22:07
3 ta uyin mehmonda. Maqsad Nasafni sindirishga uhshidi.