Ro‘ziqul Berdiev 6 ochkolik o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 26 aprel, 2022, 17:39
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Qarshining "Nasaf" jamoasi OChL 6-turi doirasida "Al-Vehdat"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs oldidan ikkala jamoa murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi. 

Quyida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdievning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

- Assalomu alaykum barchaga. Biz maqsadga juda ham yaqinmiz. Hammasi o‘zimizga bog‘liq. Shuning uchun ertangi o‘yinda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan maydonda to‘p tepamiz. 

- Yigitlar bilan gaplashdim. Ularning asosiy maqsadi keyingi bosqichga chiqish edi. Bunga juda ham yaqin turibmiz. Ularda hech qanday bosim va hayajon yo‘q. 

"Al-Vehdat" "Nasaf" kabi ochiq o‘yin ko‘rsatadi. Bu "ajdarlar" uchun qanchalik qulay? 

- To‘g‘ri aytdingiz. "Nasaf" va "Al-Vehdat"ning o‘xshash tomonlari bor. Ikki jamoada ham yulduz futbolchi yo‘q. Ular ancha kurashuvchan va jismonan yaxshi holatdagi jamoa. Ertangi o‘yin qiziq bo‘ladi. G‘alaba qozonish oson bo‘lmaydi. Shuningdek, "Al-Vehdat" tarkibidagi futbolchilar bir-biri bilan ancha yillardan beri birga to‘p tepmoqda va ular bir-birlarini maydonda yaxshi tushinishadi. Biroq biz bu jamoani etarlicha o‘rgandik va ertangi uchrashuvga to‘liq tayyormiz. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
26/04/2022 22:49
Йигитлар яна бир кадам колди, Сизларни Карши шахри интизорлик билан кутмокда. ЗИЕРАТЛАР КАБУЛ БУЛСИН, Эртаги уйинни хамма интизорлик билан кутмокда.Олга йигитлар!
Ffssdgg Vtrdfg
26/04/2022 20:35
Насаф Йигитлар нима булганда хам галаба мухим биз мухлислар учун сув-ва- хафодек зарур Ухламай кутган лахзаларимизни армон булишига йул куймайлар тугри бу футбол кимдир маглуб булади лекин бизнинг Насаф эмас Пахтакорни хатосини такрорлашни умуман кераги йук.