Ro‘zim Ahmedov "Xorazm" klubi bosh direktori!

  • 17 may, 2024, 11:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Xorazm Prof Futbol" MChJ Yagona ta’sischisining qaroriga muvofiq Ahmedov Ro‘zimboy Yaxshimurodovich "Xorazm" klubi bosh direktori etib tayinlandi. Unga qadar klubni Tajimov Umidbek Ortiqovich boshqarib kelayotgandi. 

Tecno

Ro‘zimboy Ahmedov futbolchilik faoliyati orqali futbol muxlislariga yaxshi tanish. Professional futbolchilik faoliyatini aynan "Xorazm"da boshlagan Ahmedov, keyinchalik "Paxtakor", OKMK, "Navbahor", "Neftchi", "Andijon", "Dinamo", "Buxoro" kabi klublar sharafini himoya qildi va faoliyati davomida 100 ortiq gol urishga erishdi. Endilikda u jamoa rahbari sifatida "Xorazm" muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishga harakat qiladi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!