
Rouz uchun kurashda kim favorit?
"Tottenxem" klubi chap qanot himoyachisi Denni Rouz mavsumlar oralig‘ida "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda aynan “keksa sinora” angliyalik futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi.
Ta’kidlash kerakki, Rouz uchun shuningdek "Shalke", "Nyukasl" va PSJ kabi jamoalar ham da’vogarlik qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rouz “Tottenxem” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “shporlar” safida jami 198ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 27ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning transfer bahosi 25 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar